Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sergelida yuk mashinasi piyodani bosib ketdi. Yo‘lovchi halok bo‘ldi

Sergelida yuk mashinasi piyodani bosib ketdi. Yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB internet tarmog‘ida tarqagan videoyozuvlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

20 oktyabr kuni taxminana soat 10.00 da Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida “MAN” rusumli yuk avtomobilini boshqarib borgan 37 yoshli Alisher A. chorrahada svetoforning ruxsat beruvchi belgisi yonganda harakatni boshlagan. Shu onda o‘ng tomondan piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish niyatida yurib kelgan. Haydovchi transport vositasining “ko‘r hududida” bo‘lgan piyodani payqamasdan uni urib yuborgan. Natijada hozirgi vaqtda shaxsi aniqlanayotgan piyoda YTH oqibatida yetgan jarohat sababli hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 17:26 20.10.2020. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!