Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sergelida avtokran yonib ketdi. Kran boshqaruvchisi halok bo‘ldi

Sergelida avtokran yonib ketdi. Kran boshqaruvchisi halok bo‘ldi

Bugun, 12 iyul kuni Sergeli tumanidagi qurilish uchastkasi hududida avtokran yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, soat 11:49 da Sergeli tumanida 8-sonli arzon uy-joylar qurilish maydonida ishlayotgan avtokranda yong‘in chiqqan. 

Yong‘inga yuqori voltli elektr o‘tkazgich va kran o‘rtasidagi tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Ya’ni kran yuqori kuchlanishdagi tok o‘tgan simga tegib ketgan. Yong‘in natijasida kran haydovchisi halok bo‘lgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga maxsus yong‘in uchiruvchilar guruhi 12:00 da yetib kelgan va shaxsiy tarkibning harakatlari natijasida yong‘in 12:34 soatda bartaraf etildi.

Yong‘inni bartaraf etish uchun 2 ta yong‘in uskunalari ishga tushirilgan.

Kiritildi: 15:36 12.07.2019. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!