Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Senatorlar yerto‘lada yashab kelayotgan oilaning uy-joy borasidagi muammosini hal etmoqda

Senatorlar yerto‘lada yashab kelayotgan oilaning uy-joy borasidagi muammosini hal etmoqda

Shu kunlarda poytaxtimizdagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida yashab kelayotgan oila haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.    

Unda aytilishicha, ko‘chada qolgan ona yordamga muhtoj bo‘lib, Sergeli tumanidagi “Yangi Choshtepa” mahallasi “O‘zar” ko‘chasi 14-uy yerto‘lasida uch oylik chaqalog‘i va onasi bilan birga yashab kelmoqda.

Senatorlar yerto‘lada yashab kelayotgan oilaning uy-joy borasidagi muammosini hal etmoqda

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxanov mazkur masalani joyiga chiqib o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro A.Inog‘omova poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida doimiy ro‘yxatda turadi. Biroq uyi yo‘qligi sababli onasi U.Inog‘omova bilan ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser nazoratida turadigan opasi N.Po‘latovaning  Sergeli tumanidagi “Yangi Choshtepa” mahallasi “O‘zar” ko‘chasi 14-uyida istiqomat qilgan. Bir xonali uyda yashab turgan paytda yuzaga kelgan o‘zaro kelishmoqchilik sabab opasi ularni uyidan haydaydi. Oqibatda u uch oylik farzandi va onasi bilan yerto‘lada yashab turishga majbur bo‘lgan.

A.Inog‘omova Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga va boshqa bir qator tegishli idoralarga murojaat qilgan. Ammo hech qanday natija bo‘lmagan.

Oliy Majlis Senati a’zolari ushbu masala yuzasidan MFY raisi, mahalla faollari, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddilar bilan suhbatlashdi hamda ularga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Senatorlar yerto‘lada yashab kelayotgan oilaning uy-joy borasidagi muammosini hal etmoqda

A.Inog‘omovaning muammosi qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun ma’lum muddat talab etilishi tabiiy. Shu bois, unga hozirda vaqtinchalik yashab turishi uchun ushbu hududdagi xonadonlardan birida sharoit yaratildi va ijara haqi to‘lab berildi.

Mazkur masala senatorlar tomonidan nazoratga olinib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

 

Kiritildi: 20:49 12.08.2020. O'qildi: 2832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!