Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Selfi balosi: ikki yigit va bir nafar qiz cho‘kib ketdi

Selfi balosi: ikki yigit va bir nafar qiz cho‘kib ketdi

Ikki yosh yigit va ikki qiz selfi tushish uchun Novosibirsk GES to‘g‘oniga ko‘tarilishdi, ammo oxir-oqibat, ularning uchtasi Ob daryosiga cho‘kib ketdi.

Novosibirsk viloyati Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia Ob suv ombori hududidagi gidroelektr stansiyasi to‘g‘onida sodir bo‘lgan. Yoshlardan biri suvga tushib ketgan, ikkinchisi esa uni qutqarishga urinib ko‘rgan, ammo o‘zi ham muvozanatini yo‘qotgan. Qizlar kiyimlaridan qandaydir arqon bog‘lab, sheriklarini tortib olishga urinishgan, lekin ulardan biri ham suvga cho‘kib ketgan.

1997 yilda tug‘ilgan qizni qutqaruvchilar suvdan chiqarib olishdi, u hayotga qaytdi. 1994 yilda tug‘ilgan yigit uni o‘z kuchi bilan qirg‘oqqa yetkazdi. 26 yoshli ikkinchi yigit hali topilmadi.

Hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:08 20.10.2020. O'qildi: 4592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!