Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sayyoramizning eng barqaror muzliklaridan biri ham eriy boshladi

Sayyoramizning eng barqaror muzliklaridan biri ham eriy boshladi

Alyaskadagi ulkan Taku muzliklari uzoq vaqtdan beri tasodiflardan istisno hisoblanadi. Sayyoramizning ko‘pgina muzliklari yildan-yilga maydoni va qalinligi pasayib borayotganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Taku o‘z holatini yo‘qotmagan edi. Ammo so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sayyora haroratining ko‘tarilishi natijasida Taku ham eriy boshladi.

Taku Alyaska shtati chegarasida va Britaniya Kolumbiyasining Kanada provinsiyasida joylashgan Juno muz maydonining bir qismidir. Ushbu muz maydonlari 3900 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Taku esa 19 ta yirik muzliklardan biri bo‘lib, maydoni 1000 kvadrat kilometrga teng. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch asr davomida Juno muzliklari maydoni asta-sekin kamayib bormoqda. Misol uchun, Takuning yonidagi ulkan Mendenholl muzligi maydoni so‘nggi yarim asr davomida 700 metr chuqurlikka pasaydi.

Amerikadagi Nikols kollejining muzliklar bo‘yicha mutaxassisi Mauri Pelto bir necha yillardan beri dunyodagi muzliklar dinamikasini, shu jumladan, Juno muzliklari maydonini o‘rganmoqda.

Uzunligi 58 kilometr bo‘lgan Taku ushbu achinarli holatdan istisno bo‘lgan yagona muzlik hisoblanib, so‘nggi 50 yil davomida muz massasining ijobiy balansini ko‘rsatgan. U mo‘tadil zonaning eng qalin muzliklaridan biri hisoblanadi va 1400 metr chuqurlikka ega. Qish faslida Taku xuddi shu nomdagi daryo bilan birlashadi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, 2018 yil yozi hal qiluvchi yil bo‘ldi, ya’ni bu vaqt davomida Alyaska yarimoroli sohillarida rekord darajadagi yuqori harorat kuzatildi.

 

 

 

Kiritildi: 19:50 16.11.2019. O'qildi: 2718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!