Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Sayyohlar derazadan sakrashgan": Antaliyadagi avtobus fojiasida 4-rossiyalik ham vafot etdi

"Sayyohlar derazadan sakrashgan": Antaliyadagi avtobus fojiasida 4-rossiyalik ham vafot etdi

Avvalroq Turkiyaning Antaliya viloyatida rossiyalik turistlar avtobusi halokatga uchragani haqida yozgandik.

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, 4-rossiyalik fuqaro ham vafot etgan. Bu haqda "Intourist" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 22 nafar rossiyalik sayyoh bo‘lgan, ulardan ikkitasi bolalar. 16 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.

Avtobus Konakli qishlog‘idan Antaliya aeroportiga yo‘l olgandi. Yo‘lovchilar Samara viloyatidan bo‘lgan va uylariga uchishga majbur bo‘lishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va mashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan, shundan so‘ng u beton to‘siqqa urilib ag‘darilgan.

Turizm Ajansı nashrining yozishicha, voqea sodir bo‘lganidan keyin sayyohlar vahima ichida oynani sindira boshlashgan va salondan yo‘lakka sakrashgan. Eshikdan chiqishning iloji bo‘lmagan. Shok holatida bo‘lgan sayyohlarni aeroportga olib boradigan boshqa avtobusga o‘tkazishgan.

Kiritildi: 04:44 03.08.2021. O'qildi: 3811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!