Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

20 iyun kuni Turizm va madaniy meros vazirligi, «Chorvoq» turistik-rekreasion zona (TRZ) direksiyasi hamda Bo‘stonliq tuman hokimligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil qilindi. Press-turning maqsadi – fuqarolarimizda sayohat madaniyati va ekologik madaniyatni shakllantirish.

Manzara go‘zal, ammo…

Infotur G‘azalkentdan Chimyon tomonga ketaverishdagi dam olish joylari – piknik zonalaridan boshlandi.

Bu yerlar daraxtlar ko‘pligi bilan kishini quvontirsa, har yerda yotgan plastik idishlar va boshqa chiqindilar ko‘ngilni biroz xira qiladi. Mazkur holatni Bo‘stonliq tumani turistik polisiyasi rahbari o‘rinbosari Dilshod Aripov shunday izohladi:

“Ming afsuski, odamlarning nojoiz munosabati tufayli ifloslangan joylar bor. Masalan, Chimyon tomonga ketishdagi asosiy yo‘lda odamga huzur bag‘ishlaydigan soyali daraxtzorda sayyohlar ulardan oldin kelib ketgan sayyohlarning chiqindilari ichida dam olishga majburlar”.

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

“Nega bu chiqindilar yig‘ishtirilmaydi”, degan savol tug‘ilishi tabiiy. “Chorvoq” TRZ direksiyasi G‘olvasoy tepaligidagi mashhur piknik zonani chiqindilardan tozalagani, ammo ikki haftadan so‘ng chiqindilar soni yana ikki barobarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi. Bu boradagi raqamlar ham katta: Bo‘stonliq tumanining “Toza hudud” jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, 1-iyunga qadar 88 tonna chiqindi olib chiqilgan.

Chiqindilarni tashlash odatiy holat

Ta’kidlash joizki, tumanda chiqindilarga to‘la piknik-zonalardan tashqari, qurilishdan qolgan chiqindi yerlar ham bor. Bugungi kunda Bo‘stonliq tumanida qurilish poligoni mavjud emas. Eng yaqin poligon Tuzel – Qibray tumanida joylashgan, shuning uchun qurilish chiqindilari daryolar va jarliklarga tashlab ketilmoqda. Masalan, Novobod qishlog‘ida tog‘ jarligida katta chiqindi maydoni paydo bo‘lgan, insonlar jarlikka chiqindilarini uzluksiz tashlab kelishgan va bugungi kunda ularni tozalash muammo. Yoki Xumson qishlog‘ida ham dam olish uylari yo‘lida katta chiqindi yer paydo bo‘lgan. Ko‘p vaqt mobaynida insonlar bu yerga chiqindi tashlab kelishgan va bunga ko‘nikib ham qolishgan. Buning sabablari – hamma ham chiqindilarni tashlash xizmati haqida shartnoma tuzmagan, ayrimlar shartnomasi bo‘lsa-da, chiqindini olib chiqmay, jarlikka tashlashni ma’qul ko‘radi.

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Ayni damda direksiya tomonidan xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga oid muloqotlar olib borilmoqda. Maqsad – chiqindilarni olib tashlab, ularning o‘rniga bog‘ yaratish.

“Barqaror Bo‘stonliq” dasturi

“Qoidabuzarlarni aniqlash uchun chiqindi tashlanadigan joylarga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi, – deyiladi Toshkent viloyati yekologiya boshqarmasidan. – “Chorvoq” TRZ, Bo‘stonliq tuman ekologiya inspeksiyasi, Uzavtoyo‘l, Bo‘stonliq tumani hokimiyati, Bo‘stonliq tuman Yekoprokuraturalari hamda Bo‘stonliq tumani “Toza Hudud” tomonidan hududlarni chiqindilardan tozalash bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda. Masalan, 30-aprel kuni Soylik hududida joylashgan hudud bir necha yil davomida yig‘ilib qolgan chiqindilardan tozalandi. Ammo bir oy ichida qayta tiklangan poligonda yana qurilish chiqindilari paydo bo‘ldi. Chiqindilar atrof-muhitga zarar keltirishda davom etmoqda”.

“Chorvoq” TRZ direksiyasi direktori o‘rinbosari Suna Park “Barqaror Bo‘stonliq” dasturiga to‘xtaldi.

“Chorvoq” TRZ direksiyasi Bo‘stonliq tumani hokimiyati bilan birgalikda “Barqaror Bo‘stonliq” dasturini amalga oshirmoqda. Mazkur dastur doirasida Bo‘stonliq tumanidagi o‘quvchilariga o‘quv darslari o‘tildi. Loyiha yakunida 36-sonli maktab o‘quvchilari bolalar rasmlari asosida kreativ va navigasion jadvallar yaratishadi. Demak, o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijtimoiy tashqi reklamani shu turistik mavsumda ko‘rish mumkin bo‘ladi”, - deya ta’kidladi Park.

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Bundan tashqari, hukumat yoki biznes vakillari ishtirokida piknik zonalarni obodonlashtirish, chiqindi tashlash uchun qutilar o‘rnatish, daraxtlar ekish, hasharlar o‘tkazish va chiqindilarni utilizasiya qilish nuqtalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Lekin tumanni obodonlashtirish bilan bir qatorda, tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini ham shakllantirish zarur.

“Qadamchibuva” ziyoratgohi haqida

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Bo‘stonliq tumani tarixiy obida va go‘zal tabiatga boy maskan hisoblanadi. “Qadamchibuva” ibodat ziyorat maskani bo‘lib, “Burchmulla” go‘zal tog‘ darasida joylashgan. Mahalliy aholi ushbu muqaddas joyni payg‘ambar Idris alayhissalom nomi bilan ataydi.

Bu yerda afsonaviy ko‘p asrlik juda ulkan chinor joylashgan. Ziyoratchilar daraxt atrofida 7 marotaba aylanishadi. Aytishlaricha, bu biz hammamiz Yer farzandi ekanligimizni anglatar ekan.

“Qadamchibuva” atrofida ajoyib meva bog‘i joylashgan. Bu yerda o‘rik, olxo‘ri daraxtlari va hattoki lavanda o‘simligini uchratish mumkin.

Ma’lumot uchun, Bo‘stonliq tumaniga kuniga 48 ming nafar sayyoh tashrif buyuradi. Bu yerda qadimiy shahar qoldiqlari, qo‘rg‘onlar, noyob keramikalar, 120 dan ziyod arxeologik va madaniy me’ros namunalari mavjud.

Infotur yakuni arafasida kichik biznes va tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. “Barqaror Bo‘stonliq” dastur doirasida jamoat, OAV va biznes vakillari Bo‘stonliq tumanini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

Sayohat madaniyati: Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi (FOTOLAVHA)

“Chorvoq” TRZ vakillari Bo‘stonliq tumani va boshqa tadbirkorlarni bir qator loyihalarni amalga oshirishda, ekologik turizmni keng tatbiq etish va rekreasion imkoniyatlarni rivojlantirishda tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etishdi. Ana shunday loyihalardan biri “Chorvoq” TRZ maskanida barcha kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan piknik dam olish zonalarini yaratishdir, ya’ni tadbirkorlar o‘zlarining savdo ob’ektlarini ochishi, chiqindi tozalanadigan tizimni yaratgan holda qo‘riqlanuvchi piknik zonalarni yaratishi hamda Bo‘stonliq tumani rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, TRZ a’zolari bu borada bir qator imtiyozlarga ega bo‘lishadi”, - dedi Suna Park.

Kiritildi: 13:48 22.06.2022. O'qildi: 3394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!