Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiyada eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Saudiyada eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Ko‘p yillik oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlar ayolning sog‘lig‘iga ham, ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida uzoq yillar davomida turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragan R. G. ismli O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlangan ayol O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vataniga qaytishga yordam so‘ragan. Uning aytishicha, ko‘p yillik oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlar sog‘lig‘iga ham, ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Elchixona xodimlari Saudiy Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda R. G. uchun chiqish vizasini rasmiylashtirdi va zarur hujjatlarni tayyorladi. Ayolning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning safariga alohida nazorat o‘rnatildi.

Natijada, R. G. Dammam–Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda O‘zbekistonga qaytib keldi. Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni chet elda muammolarga duch kelganida eng yaqin diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 17:16 14.08.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!