Saudiya Arabistoni va FIFA stadionlar qurilishi uchun 1 mlrd dollarlik qarz berish bo‘yicha global tashabbusni boshlaydi.
Arablar FIFAga a’zo mamlakatlarga stadion va inshootlarni qurish yoki modernizasiya qilish uchun 1 milliard dollargacha bo‘lgan past stavkalarda kreditlar beradi.
Janni Infantino bitimni butun dunyo bo‘ylab rivojlanayotgan futbol mamlakatlarida infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi asosiy qadam deb atadi.
Saudiya Arabistoni 2034 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda va jahon futbolidagi o‘rnini mustahkamlamoqda.
Kreditlar ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda jamiyatning uzoq muddatli rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.