Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Sarvqomat dilbarim» filmida Adiz Rajabov ishtirokidagi o‘pishish sahnasi qanday suratga olingan? (video)

«Sarvqomat dilbarim» filmida Adiz Rajabov ishtirokidagi o‘pishish sahnasi qanday suratga olingan? (video)

Rejissyor Sarvar Karimov «Ular» dasturiga bergan intervyusi davomida qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda suratga olingan «Sarvqomat dilbarim» filmidagi bosh qahramonlarning o‘pishish sahnasi haqidagi savolga javob berdi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda ekranlarga chiqqan «Sarvqomat dilbarim» filmida bosh rollarni o‘zbekistonlik Adiz Rajabov va qirg‘izistonlik Madina Talibek ijro etgan.

— «Sarvqomat dilbarim» filmida bosh qahramon Ilyos va Asalning o‘pishish, bo‘sa olish sahnasi bor. Aktyorlar bunga qanday qaradi? «Biz professionalmiz, muammo yo‘q», deyishdimi yoki qandaydir muammo tug‘ildimi?

Bilasizmi, agar men o‘sha sahnani s’yomkaning boshida, birinchi-ikkinchi kunlarda olganimda, ular uchun bu g‘alatiroq bo‘lishi mumkin edi. Shuni hisobga olib, bu sahna tasvirga olish ishlarining oxirrog‘ida olindi. Adashmasam, bu aktrisamiz Madina Talibekning oxirgi s’yomka kuni edi. Ungacha aktyor va aktrisalar bir-birini ancha yaxshi tanib, do‘stlashib qolgandi. To‘g‘ri, Madina ham sal uyaldi — baribir yosh qiz, turmushga chiqmagan, hijolatroq bo‘lgandek bo‘ldi. Lekin keyin: «Bu narsa asar uchun kerak», dedi, Adiz aka ham yaxshi partnyor sifatida qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin bu sahnani qiyinchiliksiz oldik. Uchta dublda.

Kiritildi: 04:30 18.01.2020. O'qildi: 8183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!