Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sardobadagi toshqindan jabr ko‘rgan aholi qachon o‘z uyiga to‘liq ko‘chib o‘tadi?

Sardobadagi toshqindan jabr ko‘rgan aholi qachon o‘z uyiga to‘liq ko‘chib o‘tadi?

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda “Sardoba” suv omboridagi toshqin tufayli Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari hududlardagi ichimlik va oqava suv tizimlariga, ko‘p kvartirali uylarga  etkazilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha  Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Axborot xizmati rahbari Aliposhsha Ahmedov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan talofat ko‘rgan hududlarda, ichimlik va oqava suv ob’etlarini qayta tiklash ishlari joriy yilning 1 avgustiga qadar, ko‘p kvartirali uylarga yetkazilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha ishlar 1 sentyabrga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra Sardoba tumanidagi “Yurtdosh”, “Qo‘rg‘ontepa” va “Do‘stlik”, Oqoltin tumanidagi “Saxovat”, “Navoiy” va Mirzaobod tumanidagi “Navbahor” mahallalarida joylashgan 148 ta (1 738 ta xonadon) ko‘p kvartirali uylardan 107 ta ko‘p kvartirali uylar (1 176 ta xonadon) talofat ko‘rgan. Bundan, xatlov natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga ko‘ra, 63 ta uylar yaroqsiz holatda (Sardoba tumanida 63 uy, 648 ta xonadon);

44 ta uylar kapital ta’mirlash orqali qayta tiklanadi.

Kapital ta’mirlash orqali qayta tiklanishi ko‘zda tutilgan 44 ta ko‘p kvartirali uylardan: Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasida 20 ta uy - 360 ta xonadon, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasida 11 ta uy - 132 ta xonadon, Sardoba tumani “Yurtdosh” hamda “Qo‘rg‘ontepa” mahallalarida 13 ta uy - 180 xonadon joylashgan.

Hisob kitoblarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash va ularning tutash hududini tiklash va obodonlashtirish uchun jami 31,7 mlrd. so‘m mablag‘ talab etiladi. Xususan, 44 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun 25,8 mlrd. so‘m va obodonlashtirish ishlariga 5,9 mlrd.so‘m sarflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2020 yildagi F-5569-sonli farmoyishiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2020 yilda 2 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga muvofiq favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun respublika byudjetidan viloyat byudjetiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 44 uylarni ta’mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirishga ruxsat berildi.  

Bugungi kunda talofat yetgan hududlardagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va tutash hududlarini obodlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Ushbu kapital ta’mirlash ishlari 3 ta quruvchi tashkiloti (“Begzodsher qurilish birlashmasi” MCHJ,  “Vayt golden” MCHJ, “Sangzor mega plan” MCHJ) hamda Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi huzuridagi “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK tomonidan amalga oshirilmoqda.
6 iyul holatiga ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan 44 ta ko‘p kvartirali uylardan hozirgi kunda 25 ta uyning tom qismi to‘liq ta’mirdan chiqarildi, 29 ta uyning fasad qismini ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda.  12 ta uyning ichki qismida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda, 26 ta uyning yerto‘la qismi loy va balchiqlardan tozalandi.

Shu bilan birga 44 ta ko‘p qavatli uylarning tutash xududlarini obodonlashtirish maqsadida xozirda 15 ta bolalar maydoncha, 19 ta tandirxona, 14 ta xojatxona, 3330 metr irrigasiya tizimi (lotoglar) o‘rnatish, 9015 m² uy oldi qismidagi yo‘laklarni ta’mirlash, 88 ta tungi yoritish tizimi o‘rnatish xamda 14 ta avtoturargox qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda suv toshqini sababli talofat ko‘rgan 44 ta ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholidan yashash sharoitlari qayta tiklangan 55-60 foiz aholi o‘z uylariga kirib yashamoqda.
1 sentyabrga qadar ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan bosqichma-bosqich qolgan aholi o‘z uylariga  qaytariladi.

Ichimlik suv va oqava suv tizimini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha:
Talofat ko‘rgan hududlardagi ichimlik suv va oqava suv ta’minoti tizimini qayta tiklash va rivojlantirish ishlariga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Uzbekkommunalloyihaqurilish” DUK, “Kommunxizmat” agentligi, Ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini qurish bo‘yicha injinirging kompaniyasi, hududiy uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hamda “O‘zsuvta’minot” AJ va “Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJning  mutaxassislari jalb etilgan.

Bugungi kunda, talofat ko‘rgan hududlarda ichimlik suv va oqava suv ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga 3 ta pudratchi-quruvchi tashkilotlar jalb etilgan.

Ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun jami 80 dan ortiq avtomobil va maxsus texnika, 270 nafardan ziyod malakali muhandis-quruvchilar va ishchi xodimlar safarbar etilgan.

Barcha loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlari vazirlik huzuridagi “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK tomonidan ishlab chiqilgan. Barcha ishlar Ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini qurish bo‘yicha injinirging kompaniyasi buyurtmachiligida amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19  maydagi 294-son qaroriga asosan ichimlik suv ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 65,6 mlrd.so‘m, yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning ichimlik va oqova suv ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 64,2 mlrd. so‘m jami 129,7 mldr so‘m ajratilishi belgilangan. Ushbu mablag‘lar hisobidan Sardoba Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida jami 16 ta ob’ektda 104,5 km ortiq ichimlik suv, 15,0 km oqova suv tarmog‘i, 7 ta suv inshootlari, 4 ta oqova suv tozalash inshooti va oqova suv haydash nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiyasi va 681 ta boshkaruv va uzatuv kolodeslarini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

5 iyul holatiga Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19  maydagi
294-son qaroriga asosan talofat oqibatlarini bartaraf etish uchun ajratilgan 129,7 mlrd. so‘m. mablag‘dan 37 mlrd. sum quruvchilarga to‘lab berilgan.

Ichimlik suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar 70-75 foyizga bajarilgan bo‘lib, 15 iyulgacha ushbu ishlar to‘liq yakunlanadi va talofat ko‘rgan hududlardagi ichimlik suv tizimi to‘liq tiklanadi. 5 iyuldan boshlab ichimlik suv tizimini qurish va rekonstruksiya ishlari yakunlangan aholi punktlariga sinov tariqasida bosqichma-bosqich ichimlik suv yetkazilishi boshlandi.

Jumladan:

Sardoba tumani

“Qo‘rg‘ontepa” MFY hududidagi ichimlik suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar 11 km magistral va ichki tarmoq yotqizilgan, qolgan 5,8 km tarmok yotqizish ishlari 15 iyul kuniga qadar tugatiladi va 530 ta xonadon to‘liq ichimlik suv bilan ta’minlanadi.

“Yurtdosh” MFY hududidagi ichmlik suv tarmoqlari qurilishi” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar 3,6km masofada ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari bajarildi. Qolgan 3,4 km tarmoq 10 iyulga kadar to‘liq tugatiladi va aholiga suv beriladi.

“Do‘stlik” MFY hududidagi ichmlik suv tarmoqlari qurilishi” loyihasi doirasida Bugungi kunga qadar 3,6 km tarmoq tortildi  va 4ta futlyar 4ta kolodes o‘rnatildi, 10 iyulga qadar ishlar to‘liq tugatiladi va aholiga suv beriladi. “2-suv ko‘tarish nasosidan (Cho‘lquvar) Yurtdosh MFY” gacha magistral suv tarmoq qurilishi” loyihasi doirasida bugungi kungacha 6,5 km masofada ichimlik suv tarmog‘i yotqizilgan, qolgan  0,8 km hafta yakuniga tugatiladi.

“Oqoltin tumani “Shodlik” MFY hududida ichimlik suv inshooti va ichimlik suv tarmoklari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida Bugungi kunda ichimlik suv inshooti hududini tozalash ishlari yakunlangan, nasos stansiyasi nasoslari yangilangan, devor tusiklar yaroqsizlari yangisiga almashtirilgan hamda 137 ta kolodeslar montaj qilindi, 3,2 km quvurlar tortildi.  Tizim sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng hafta yakuniga yaholiga ichimlik suv yetkaziladi.

“Sadvin” MFY hududida ichimlik suv tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar 15,5 km masofada tarmoq tortilgan bo‘lib aholiga test rejimida suv yetkazilmoqda. Tarmoqlar sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng  10 iyulgacha 100% aholi suv bilan ta’minlanadi.

“Nihol” MFY xududida ichimlik suv inshooti va ichimlik suv tarmoklari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida 3,1 km masofada quvir tortilgan bo‘lib aholiga test rejimida suv yetkazilmoqda. Tarmoqlar sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng  10 iyulgacha 100% aholi suv bilan ta’minlanadi.
“Saxovat” MFY xududida ichimlik suv tarmoklari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida nasos stansiyasi rekonstruksiya qilindi va 3 dona yangi nasos uskunasi o‘natildi.

Natijada aholiga suv yetkazib berilmokda. Shu bilan birga talofat ko‘rmagan ammo ichimlik suvini uzoq yillardan buyon tashib iste’mol kilib kelayotgan aholi xonadonlari ham ichimlik suv bilan ta’minlandi.

“Uchtom” MFY xududida ichimlik suv inshooti va ichimlik suv tarmoklari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida bugungi kunda nasos stansiyasini ta’mirlash ishlari tugatildi. 3,0 km masofadagi magistral suv quvuri qayta tiklandi va sinovdan o‘tkazildi. 2km masofada ichki tarmoq tortilgan va hafta yakuniga ishlar to‘liq yakunlanadi va aholiga suv yetkaziladi.  

Mirzaobod tumani “Navbahor” MFY hududida ichimlik suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida 12 km magistral va ichki tarmoqlar tortildi, 12 ta kolodes qayta tiklandi. Ushbu hududa ham talofat ko‘rmagan ammo oldin suv bilan ta’minlanmagan ko‘chalarga suv quvirlarini tortish ishlari qo‘shimcha amalga oshirilmoqda.

“Baliqchi” MFY hududida ichimlik suv inshooti va ichimlik suv tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida bugungi kunda suv olish inshoatida ishlar to‘liq tugatilgan.

Magistral 5,0 km tarmokdan 2km magistral tarmoq tortilgan, qolgan 3km tarmoq hafta yakuniga qadar tugatiladi.
Markazlashgan ichimlik suvi tizimini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanmagan aholi punktlariga 50 dan ortiq maxsus suv tashish transportlari yordamida ichimlik suv yetkazib berilishi davom ettirilmoqda.

Qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari karintin sharoitida joriy etilgan qoidalarga qat’iy amal qilgan holda tashkil etilgan.

Kiritildi: 13:59 07.07.2020. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!