Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Saratovdagi YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Saratovdagi YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

16 yanvar kuni «Nijniy Novgorod–Arzamas–Saransk–Issa–Penza–Saratov» trassasida Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan, 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana 3 nafari Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

«TASS»ning yozichicha, «GAZ» avtomobili va Hyundai miniveni o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida jami to‘rt kishi halok bo‘lgan. «Volga» avtomobilining ichida faqatgina haydovchining o‘zi bo‘lgan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

Mintaqaviy prokuraturaning tasdiqlashicha, miniven ichidagilarning barchasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. «O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan miniven haydovchisi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Holat bo‘yicha IIV tekshiruv ishlarini boshlagan va prokuratura vaziyatni nazoratga olgan», — deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston, Udmurtiya, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Kiritildi: 11:44 17.01.2020. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!