Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Sankt-Peterburgdagi uy tomida o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yilning 19 iyul kuni mazkur shaharning Moskva tumanidagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan.

“Polisiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va eslatib o‘tganki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin +7-965-029-41-49.

 

Kiritildi: 18:45 22.07.2019. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!