Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandlik yigit otasi tengi odamni do‘pposladi. Erkak vafot etdi

Samarqandlik yigit otasi tengi odamni do‘pposladi. Erkak vafot etdi

Samarqand. 2020 yil 11 iyun kunidan 12 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani  “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 52 yoshli T.B. va  22 yoshli M.S.,lar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, M.S., fuqaro T.B.,ni yuz sohasiga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada, T.B., Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S., JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fuqaro T.B.,  shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramsdan 2020 yil 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Kiritildi: 15:01 29.06.2020. O'qildi: 2974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!