Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandlik ayol: «Hokimgayam, uchta bolamgayam o‘t qo‘yib yoqib yuboraman, boshqa choram yo‘q» (+VIDEO)

Samarqandlik ayol: «Hokimgayam, uchta bolamgayam o‘t qo‘yib yoqib yuboraman, boshqa choram yo‘q» (+VIDEO)

Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi Kattachopar ko‘chasidagi uylar buzilishga tushgan. Bundan esa aholi norozi bo‘lmoqda, deb yozadi "everyday.uz".

“Hokimgayam, uchta bolamgayam o‘t qo‘yib yoqib yuboraman, boshqa choram yo‘q”, – deydi uyi “snos”ga tushgan fuqarolardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha ko‘chada yashovchi aholi uylarini noqonuniy qurib olganlikda ayblanib uylari buzilish arafasida. “Snos”ga tushgan uylarning ba’zilarida kadastr hujjati qilingan, ba’zilarida esa yo‘q.

Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov “snos” masalasi bo‘yicha aholiga izoh berdi.

“Agar noqonuniy qaror chiqarib bergan bo‘lsam men ham tayyorman javob berishga. Sud qarori bilan xulosa qilinadi.

Fuqarolarga xuddi o‘zlarining uylari kabi uy qurib beriladi, shundan so‘ng buziladi”, – deydi hokim.

Kiritildi: 15:09 15.11.2019. O'qildi: 5577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!