Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandlik 33 yoshli tadbirkor ustidan benzin qo‘yib, o‘zini yoqib o‘ldirdi

Samarqandlik 33 yoshli tadbirkor ustidan benzin qo‘yib, o‘zini yoqib o‘ldirdi

2019 yil 18 may kuni soat taxminan 14:00 da Tayloq tumani “Sochak” mahallasida yashovchi 13.03.1986 yilda tug‘ilgan D.SH.ning murojaati yuzasidan tuman arxitektura va qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi J.F. va “Ermulkkadastr” DK Tayloq filiali mutaxassisi R.D.lar tomonidan SH.D.ning yashash xonadoniga kelib murojaat bo‘yicha joyida o‘rganish o‘tkazilayotganida, SH.D. murojaatni o‘rganish dalolatnomasini rasmiylashtirayotgan tuman arxitektura va qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi F.J.ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, uyiga olib kirib ketib, uyidan 1,5 litrli yelim idishda benzin yoqilg‘isini olib chiqib, mutaxassislar oldiga chiqib, oila a’zolarining ko‘z o‘ngida benzin yoqilg‘isini ustidan quyib cho‘ntagidan o‘t yoqqich (zajigalka) olib o‘zini o‘zi yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan va yaqin qarindoshlari tomonidan qutqarib qolinib, RSHTYOIM Samarqand filialiga yotqizilgan.

"Jahon.uz" nashriga ko‘ra, RSHTYOIM Samarqand filiali tomonidan berilgan ma’lumotnomada, fuqaro SH.D. II-III AB darajali 80% termik kuyishi, termoingalyasion travma, kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2019 yil 19 may kuni soat taxminan 01:30 larda fuqaro D.SH. RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etgan.

Bosh Prokuratura Matbuot xizmatining "Jahon.uz"ga ma’lum qilishicha, mazkur holatda jinoyat alomatlari mavjud yoki yuqligini aniqlash maqsadida 18.05.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Tayloq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:45 23.05.2019. O'qildi: 3257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!