Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqanddagi mudhish jinoyat aks etgan videoni tarqatgan uch nafar shaxs qamoqqa olindi

Samarqanddagi mudhish jinoyat aks etgan videoni tarqatgan uch nafar shaxs qamoqqa olindi

Samarqandlik erkak savdo markazlarining birida rashk sabab xotini va uning o‘ynashi deya taxmin qilingan shaxsni pichoqlab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu fojiani videoga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan uch nafar samarqandlik yigit qo‘lga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulg‘angan pichoqni ko‘tarib, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borgan. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigit tomonidan tasvirga olinib, tarqatilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, ushbu fuqarolar bilan aholi orasida bu kabi zo‘ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan IIB xodimlariga faol qarshilik ham ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxslarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan uchala yigitga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 189-1 (zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar (zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) mavjud bo‘lib, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan.

Kiritildi: 10:56 24.11.2020. O'qildi: 3573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!