Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqanddagi bog‘chada barmog‘i uzilib tushgan bolaning ota-onasi mudira va tarbiyachiga ko‘rilgan choradan norozi (VIDEO)

Samarqanddagi bog‘chada barmog‘i uzilib tushgan bolaning ota-onasi mudira va tarbiyachiga ko‘rilgan choradan norozi (VIDEO)

Avvalroq Samarqanddagi bog‘chalardan birida e’tiborsizlik sabab bir bolaning barmog‘i uzilib tushgani xabar qilingandi. 

Ushbu baxtsiz hodisa Samarqand shahridagi 11-son bolalar bog‘chasida 29 mart kuni sodir bo‘lgan. 6 yoshli bolaning barmog‘ini karavot qisib qolishi natijasida, u uzilib tushgan. Shu kuni bog‘cha hamshirasi tarbiyachining o‘rnida ishlayotgan bo‘lgan. Bolaning ota-onasiga bu haqda kech xabar berilgan. MTM mudirasining so‘zlariga ko‘ra, u zudlik bilan bolani shahar kasalxonasiga, keyin viloyat kasalxonasiga olib borgan. 

Surishtiruvlar chog‘ida bog‘chada yana bir qator qonunga xilof holatlar aniqlangan.

Shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan mudira va tarbiyachiga jarima belgilangan. Biroq bolaning ota-onasi huquqni muhofaza qilish organlari qat’iy chora ko‘rishi tarafdori, deb xabar qiladi "Zamon".

Kiritildi: 16:01 17.07.2019. O'qildi: 3432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!