Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.R. Samarqand tumani “Badal” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari tayyorlab kelganligi aniqlanib, undan 264 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari, 186 dona aksiz marka, 226 dona bo‘sh shisha idishlar, 300 litr hajmdagi yelim idish va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.