Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda qiziga tegajog‘lik qilgan shaxsni urib o‘ldirgan ota 17 yilga qamaldi

Samarqandda qiziga tegajog‘lik qilgan shaxsni urib o‘ldirgan ota 17 yilga qamaldi

2019 yilning yozida hamshishasini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan erkak 17 yilda ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

2019 yilning 2 iyul kuni soat taxminan 13:30 atrofida giyohvandlik moddasi iste’mol qilib, mast bo‘lgan Shukrullo Xurramov Urgut tumani «G‘oyibota» mahallasidagi yashash uyida tanishi Ziyodullo Xoliqnazarov bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Aroqqa gazagi qolmaganidan so‘ng, Shukrulla Xurramov gazak olib kelish maqsadida «Beshkapa» mahallasidan jigar pishirtirib olib kelish uchun uyidan chiqib ketgan.

Shukrullo Xurramovni uyda yo‘qligidan foydalanmoqchi bo‘lgan Ziyodullo Xoliqnazarov uning yolg‘iz uxlab yotgan qizi K.T.ga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lganda u uyg‘onib xonadan tashqariga qochib chiqib ketgan.

Tashqariga chiqqan K.T. choyxonadan qaytib kelayotgan otasi Shukrullo Xurramovni ko‘rib, unga Ziyodullo Xoliqnazarov tegajog‘lik qilganligini aytgan. Xurramov tanishining xatti-harakatlaridan g‘azablanib, spirtli ichimlik iste’moli ta’sirida og‘ir darajadagi mastlik holatida bo‘lgan Ziyodullo Xoliqnazarovni temir bo‘lagi bilan tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan. Natijada u olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi G‘ayrat Negmatovning ma’lum qilishicha, Shukrullo Xurramov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v»,«j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:50 11.12.2019. O'qildi: 3525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!