Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda huquq-tartibot xodimlari 16 yoshli o‘smirni bo‘ynidan tortib patrul mashinasiga o‘tqazib, olib ketdi (video)

Samarqandda huquq-tartibot xodimlari 16 yoshli o‘smirni bo‘ynidan tortib patrul mashinasiga o‘tqazib, olib ketdi (video)

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIO xodimlari bir o‘smirni xizmat mashinasiga majburlab o‘tqazayotgani tasvirlangan videorolikdagi holat bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, huquq-tartibot organlari xodimlari atrofdagi odamlar va o‘smirning akasining iltimoslariga qaramay, yigitni majburlab patrul avtomobiliga o‘tqizgan va holatni suratga olayotgan ayolni turtib yuborgan.

Samarqand viloyati IIBning ma’lum qilishicha, mazkur ko‘ngilsiz holat 13 oktyabr kuni soat 13:00 larda shaharning Gagarin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borayotgan PPX xodimlari ko‘chada tibbiy niqobsiz yurgan 16 yoshli yigitni payqab qolgan.

Shundan so‘ng PPX xodimlari yigit va uning akasini to‘xtatib, karantin qoidalari bekor bo‘lmaganligi, tibbiy himoya niqobini taqib yurish lozimligini tushuntirib, ularni IIB binosiga taklif qilgan, biroq ular IIO xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatgan.

 

«O‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilikka atrofdagi fuqarolar ham qo‘shilib, o‘smirni qo‘yib yuborishni talab qila boshlagan. Shu yerda tasvirga olib turgan fuqaro qo‘l telefonini PPX xodimining yuziga yaqin olib kelganligi sababli xodim kamerani turtib yuborgan», — deyiladi xabarda.

Fuqarolar IIB binosiga olib kelinib, ular bilan karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, uyiga javob berilgan.

Ta’kidlanishicha, holatdagi PPX xodimlari bilan yana bir bor fuqarolar bilan muloqot jarayonlarida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Kiritildi: 15:30 14.10.2020. O'qildi: 2663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!