Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda 7–8-oktabr kunlari Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi

Samarqandda 7–8-oktabr kunlari Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi

2022 yilning 7–8 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi. Festivalga tashrif buyurganlar mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishadi.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Festivaldan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik an’analarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.

Musobaqada xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasining har bir viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari ishtirok etadi.

Festival yakuniga qadar hakamlar hay’ati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlar aniqlanadi.

Manzil: Islom Karimov ko‘chasi
Kirish bepul.

Kiritildi: 10:39 05.10.2022. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!