Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

A A A
Samarqandda 5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Shu yilning 10 yanvar kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida 1981 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg “Marixuana” giyohvandlik vositasini 25.000.000 so‘mdan sotishini oldindan kelishib rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.

Maxsus xaridor bilan bog‘langan shaxs 5 kilogramm yukni tayyorlab qo‘yganligini ma’lum qildi. Samarqand viloyati IIB TQX xodimlari, viloyat IIB TVBSO hamda viloyat bojxona xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Soxibkor MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, vazni taxminan 5 kg“Marixuana” giyohvandlik moddasini 10.000 AQSh dollariga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:51 24.01.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!