Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB hamokorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ishtixon tumanida "CH. T." oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 560,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:37 10.10.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!