Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Kuni kecha Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar institutiga Malayziyaning rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegasiya tashrif buyurdi.

Delegasiyani institut rektori Shavkat Hasanov kutib oldi va institut faoliyati, bugungi kungacha erishilgan yutuqlari, mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, jumladan, organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlash, pestisidlardan holi mahsulotlar arzon mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni qayta ishlash hajmini oshirish haqida muzokaralar olib borildi. Ikki tomon vakillari istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Tashrif yakunida o‘quv va ilmiy sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 10:47. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!