Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samara chegarasidagi o‘zbekistonliklar uchun yana 4 ta poyezd tashkil etiladi

Samara chegarasidagi o‘zbekistonliklar uchun yana 4 ta poyezd tashkil etiladi

COVID-19 pandemiyasi fonida barcha turdagi qatnovlarning yopilishi tufayli Samara viloyatida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yana to‘rtta poyezd tashkil etiladi. Bu haqda Samara viloyati hukumati saytida xabar berilgan.

Vatanga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar 15 avgustdan Kinelga kelishni boshlagandi. Avvaliga migrantlar temiryo‘l vokzali platformasida joylashgan edi. 21 avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

"Migrantlarni o‘z manziliga yetkazish uchun sakkizta poyezd yuborildi, yana to‘rtta poyezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi — ular shu jumladan, lagerda koronavirus o‘choqlari paydo bo‘lishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi matbuot-xizmati.

Respublika hukumati avtobus va temir-yo‘l transporti orqali o‘ng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.

Kiritildi: 14:32 19.09.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!