Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Salomlashganda bajariladigan 6 amal

Salomlashganda bajariladigan 6 amal

Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Eng yashi amal qaysi?” deb so‘rashdi. Shunda U zot alayhissalom: “Taom ulashishing hamda tanigan-tanimaganingga salom berishing”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

"Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh" deb salom berish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi keldi va “Assalamu alaykum”, deb salom berdi. U zot unga javob qaytardilar va “O‘nta”, dedilar. Keyin yana bir kishi kelib, “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, dedi. U zot unga ham javob qaytardilar va “Yigirmata”, dedilar. So‘ngra yana bir kishi keldi-da, “Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”, dedi. U zot unga javob qaytargach, “O‘ttizta”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Tabassum bilan so‘rashish

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi amaldan biror narsani arzimas sanama, hatto birodaring yuziga ochiq chehra bilan yo‘liqishni ham”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Ikki qo‘l bilan ko‘rishish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki musulmon bir-birlariga yo‘liqib, qo‘l berib ko‘rishar ekan, ular hali ajralmay turib, albatta, ularning gunohlari mag‘firat qilinadi”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Alloh hamd va istig‘for aytish

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachon ikki musulmon uchrashib, qo‘l olib so‘rashsalar, Allohga hamd va istig‘for aytsalar, ikkovlari mag‘firat qilinadi", dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Go‘zal so‘z so‘zlash

Alloh taolo marhamat qiladi: “odamlarga shirinso‘z bo‘ling...” (Baqara surasi, 83-oyat)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi so‘z sadaqadir”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Salom berish bilan xayrlashish

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz bir majlisga kelsa, salom bersin, qaytmoqchi bo‘lsa, yana salom bersin. Birinchi salom ikkinchisidan haqli emas”, deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

Kiritildi: 05:25 14.09.2019. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!