Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saloh APL futbolchilari o‘rtasida YECHL rekordini o‘rnatdi

Saloh APL futbolchilari o‘rtasida YECHL rekordini o‘rnatdi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi kechgan o‘yinda o‘ziga xos natija qayd etdi.

4-daqiqada misrlik futbolchi Endryu Robertsonga assistentlik qilgan bo‘lsa, 6-daqiqada o‘zi gol urdi. Opta’ning qayd etishicha, Saloh Chempionlar ligasi o‘yinining dastlabki 6 daqiqasida gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan ingliz klubi tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

"Qizillar"ning 33 yoshli yulduzi hisobida turnirning 89 uchrashuvida jami 48 ta gol mavjud. Futbolchi 2017 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:58. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!