Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saksovulni himoya qilgan inspektorlar kaltaklandi — ish bo‘yicha tergov boshlandi

Saksovulni himoya qilgan inspektorlar kaltaklandi — ish bo‘yicha tergov boshlandi

15 iyul kuni Buxoro viloyati ekologiya inspektorlari Peshku tumanida noqonuniy saksovul kesish holatlariga qarshi reyd o‘tkazdi. Reyd davomida «ZIL» yuk mashinasida saksovul ortgan fuqarolar inspektorlarning ko‘ziga tushgan va ularni Xorazm tomongacha 110 km quvish boshlangan.

Xorazm viloyatiga yetib borgandan so‘ng, inspektorlar mashinalariga yo‘l to‘sib, bir guruh shaxslar bita, armatura va temir truba bilan hujum qilgan. Ikki inspektor – N.Muhammadiyev va O.Hesenov – qattiq kaltaklangan. Muhammadiyevning oyog‘i singan.

Inspektorlarni yuk mashinasi bortiga majburan chiqarib, o‘zlari bilan olib ketishgan. Ular harakatdagi mashinaning orqa bort qismidan o‘zini tashlab, qochib ketgan.
⚖️ Hozirda ushbu jinoiy hujum bo‘yicha Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani prokuraturasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 13:22 17.07.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!