Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva o‘z ammasi — Prezidentni tarbiyalagan ayol haqida gapirdi

Saida Mirziyoyeva o‘z ammasi — Prezidentni tarbiyalagan ayol haqida gapirdi

O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva 25 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbegim ayoli» taqdimotida chiqish qilib, dadasining opasi — ammasi haqida gapirib berdi, deya xabar bermoqda Telegram’dagi @platformauzb kanali.

 

— Mening ammam borlar, dadamning opalari. Ularni judayam yaxshi ko‘raman, — dedi Saida Mirziyoyeva. — Meni opichlab katta qilganlar. Buvim vafot etganlarida dadam 9, opalari 12 yoshda bo‘lganlar. Mana shu 12 yoshlik qizaloq ona o‘rnida dadamni voyaga yetkazgan. O‘qishga kirib, Samarqandga ketgan paytlari ham stipendiyani o‘zlariga ishlatmay ukalari, ya’ni dadam bilan baham ko‘rganlar.

O‘zlari yoshgina bo‘lib, onasiz qolgan ukaga g‘amxo‘rlik qilish ular uchun tabiiy hol edi. «Men qahramonlik ko‘rsatyapman», degan gap ammajonimning xayoliga ham kelmagan.

Ochig‘ini aytsam, ammajonim bilan munosabatimiz ajoyib. Bir-birimizga muhabbatimiz cheksiz. Har bir chiqishim bo‘lsa yoki biror joyda muvaffaqiyatga erishsam, telefon qiladilar yoki sms yozadilar: «Bolajonim, barakalla, sen bilan g‘ururlanaman. Doim oldingdaman», deb.

Kuni kecha Dubayga forumga bordik. Global ayollar forumida nutq so‘zladim. Forumdan keyin telefon bo‘lmadi. Hayronman, ammam nega jim yoki chiqishimni ko‘rmay qoldilarmi yoki mazalari yo‘qmikin, deb xavotirga tushib qoldim. Yo‘q, bilsam, ayfonlari buzilib qolibdi. 65 yoshda bo‘lsalar ham, iPhone’da o‘tiradilar. Har doim telefon qilib yoki yozib qo‘yadilar, har kuni gaplashib turamiz...

Kiritildi: 10:02 26.02.2020. O'qildi: 4643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!