Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ta’lim sohasidagi muammolar va imkoniyatlar hamda barcha uchun bilim olish erkinligini ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
“Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hamkorligimiz natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishimizga qat’iy ishonamiz”, deb yozadi Prezident yordamchisi.