Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva: “To‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi, asosiysi, foydasi sezildi”

Saida Mirziyoyeva: “To‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi, asosiysi, foydasi sezildi”

14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbir xususida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva  facebook‘dagi sahifasi orqali o‘z munosabatini bildirdi

Bugun barcha matbuot kotiblar hamda mamlakat media vakillarini to‘plab, ikki tomonni bir biri bilan yuzlashtirdik.

Tadbirda fikrlar ochiqchasiga gapirildi, o‘rtadagi muammolar muhokama qilindi. Achchiq tanqidlar ham bo‘ldi, to‘plangan dardlar bug‘i chiqarildi. Asosiysi, foydasi sezildi.

Sifatli hamkorlik uchun rosa kerak bunday uchrashuvlar. Bu endi tizimli bo‘ladi. Shu orqali matbuot xizmatlari tomonidan aholiga o‘z vaqtida yangiliklarni berib borilishiga erishamiz, albatta”.

Kiritildi: 07:15 15.11.2019. O'qildi: 3553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!