Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Shu yilning 5 mart kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

“Madaniy-gumanitar hamkorlikni muhokama qilar ekanmiz, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, A. Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari, Qozog‘iston Milliy muzeyi va Abilxon Kasteev nomidagi Qozog‘iston san’at muzeyida ko‘rgazmalar, shuningdek, Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashdik“, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Muhokamalar so‘nggida ushbu tadbirlarning yuksak saviyada o‘tkazilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli qardosh xalqlarimiz o‘rtasida qaror topgan do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Kiritildi: 02:52 06.03.2025. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!