Uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Mirziyoyeva bank ko‘magida irrigasiya va “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalarni alohida qayd etdi. Shuningdek, “Women in Business” va “Youth in Business” dasturlari orqali mamlakatdagi ko‘plab ayollar va yoshlarning hayoti ijobiy tomonga o‘zgarayotganini qayd etdi.
U Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni ham yuksak baholab, Markaziy Osiyoda ishonch va hamkorlik muhiti mustahkamlanayotganini alohida ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlab, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning ochiq va ishonchli yo‘nalishda ketayotganini ko‘rsatadi. YTTB bilan hamkorlik iqtisodiyotdan tashqari, jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga ham turtki bermoqda.