Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rus klublari kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin

Rus klublari kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin

Rossiya futbol jamoalari kelasi yildayoq xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Mash Rossiya futbol ittifoqi (RFI) manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, RFI yevrokuboklarga qaytishiga ishonchi komil, chunki aksariyat davlatlar Rossiyaga munosabatini o‘zgartirib, muzokaralarni boshlagan. Qaytish ehtimoli juda yuqori va RFI Rossiyaning yangi hududlaridan jamoalarning Ikkinchi ligaga qo‘shilishi UYEFA va FIFA bilan munosabatlarga ta’sir qilmaydi, deb hisoblamoqda. Tez orada chempionatda Doneskning "Shaxtyor" klubi ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya klublari va terma jamoalari 2022 yildan buyon xalqaro turnirlarda ishtirok etmayapti.

Kiritildi: 15:36 16.10.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!