Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi Jumanazar akaga tashxis qo‘ydi (FOTO)

Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi Jumanazar akaga tashxis qo‘ydi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqda "o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgani" sabab mashhur bo‘lib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik diagnozi rasmi tarqaldi.

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof muhitdan qoniqmaslik, o‘zining gallyusinator-fantastik vasvasa g‘oyalari ta’sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o‘ziing fikrlarida qat’iy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, o‘zga olam, o‘zga sayyora haqidagi qat’iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990 yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi "rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi" tashxisini tasdiqlaydi. Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko‘ra, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj, deyiladi ekspertlar xulosasida.

Oktyabr oyida o‘zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo‘lgani haqidagi xabar o‘zbek internetini "portlatgandi". Jkmanazar aka noma’lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo‘llarini o‘rganib kelganini da’vo qilgandi.

Kiritildi: 12:50 13.12.2019. O'qildi: 11216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!