Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish shartlarini harbiylar belgilaydi — Kreml

 Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish shartlarini harbiylar belgilaydi — Kreml

"Yadroviy qurollardan foydalanishni to‘xtatib turish sohasidagi yangilangan davlat siyosatiga muvofiq Rossiya yadro qurolining ishlatilishi uchun shart-sharoitlarning boshlanishi Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi", dedi RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Bu bizning mutaxassislarimiz, harbiylarimizning vakolati doirasiga kiradi. Ular qaysi qurollar va qanday foydalanilayotganini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Aynan ular Ukrainadagi holat yuzasidan kollektiv G‘arbning ishtirokini ham qayd etib borishmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat siyosati asoslariga tuzatishlar shakllana boshlagan.

"Aslida, yadroviy davlatlarning Ukraina atrofidagi mojaroda Ukraina tomonida ishtirok eta boshlagani, NATO infratuzilmasining bizning chegaralarimizgacha borishi — bularning barchasi yadroviy doktrinaga ham, yadro qurolini cheklash sohasidagi davlat siyosatining asoslariga ham tuzatishlar kiritish zaruratini tug‘dirdi", dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 25 sentyabr kuni Rossiya yadroviy doktrinasini o‘zgartirayotgani va yadro qurolidan foydalanish uchun asoslar ro‘yxatini sezilarli darajada kengaytirayotganini ma’lum qilgandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Moskva Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun G‘arb raketalaridan foydalanishga ruxsat berilishi haqidagi muhokamaga shunday munosabat bildirgan.

Kiritildi: 15:44 29.09.2024. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!