Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning xalqaro zaxiralari rekord darajaga yetdi

Rossiyaning xalqaro zaxiralari rekord darajaga yetdi

Rossiyaning xalqaro zaxiralari 31 iyuldan 7 avgustgacha 1,5 foizga oshgan holda 600,7 milliard dollarni tashkil etib, eng yuqori darajaga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “Mk.ru”.

7 avgust holatiga ko‘ra, bir hafta davomida ularning hajmi 8,9 milliard dollarga yoki 1,5 foizga oshgan. Bu ijobiy kurslarni qayta baholash va oltin narxlarining oshishi ta’siri ostida yuz bergan.

Rossiya Federasiyasi Markaziy bankining materiallarida ta’kidlanishicha, oxirgi marta 2008 yilning 8 avgustida rekord natija qayd etilgan. O‘sha paytda mamlakatning xalqaro zaxiralari 598,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Kiritildi: 21:30 14.08.2020. O'qildi: 5589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!