Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyaning Svift muqobiliga 70ta xorijiy bank qo‘shildi

Rossiyaning Svift muqobiliga 70ta xorijiy bank qo‘shildi

Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan banklararo axborot almashuv tizimi - SPFS (Sistema peredachi finansovix soobsheniy) deb nomlanadi.

Rossiyaning Svift muqobiliga 70ta xorijiy bank qo‘shildi, dedi Rossiya Banki rahbari Elmira Nabiulina.

"Dunyoning 12 mamlakatidan 70ta xorijiy bank Rossiyaning SWIFT muqobiliga qo‘shildi. Ayrim hamkorlar Rossiya tizimiga qo‘shilgani uchun sanksiyalar ostida qolishdan xavotirda, shu sababli Rossiya MB ularning ro‘yxatini e’lon qilmaydi", - dedi Nabiulina.

SWIFT - AQSh tomonidan nazorat qilinadigan banklararo axborot almashuv tizimi bo‘lib, dunyoning aksariyat banklari pul o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni ushbu tizim orqali yuboradi.

Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan banklararo axborot almashuv tizimi - SPFS (Sistema peredachi finansovix soobsheniy) deb nomlanadi.

Ma’lumot uchun, 14 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Sberbank, Rosselxozbank va Moskva Kredit Banki (MSB) kabi yirik banklarini SVIFT tizimidan uzdi.

Bundan oldin esa VTB, Rossiya va Otkritiye banklari, Novikombank, Promsvyazbank, Sovsombank va VEB.RF SVIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilgan edi.

Kredit tashkilotlarining ta’kidlashicha, tizimdan uzilish ularning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ular bunday rivojlanishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishgan.

Kiritildi: 16:52 29.06.2022. O'qildi: 5169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!