AQShning immigrasiya sudlari 2024-moliya yili uchun (oktabrdan sentyabrgacha davom etgan) rossiyaliklarning AQShdan boshpana so‘rash bo‘yicha 2.915 ta so‘rovini qanoatlantirdi, deb yozadi RTVI TRAC ma’lumotlariga tayanib.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan (1981) oshib ketdi va kamida 2001 yildan buyon rekordga aylandi. Hozirda yana 36 mingga yaqin Rossiya fuqarosi ishi ko‘rib chiqilishini kutmoqda.
Qo‘shma Shtatlarda xorijliklar o‘z vatanlariga qaytgan taqdirda, siyosiy qarashlari, jinsiy oriyentasiyasi, diniy qarashlari, irqi yoki ma’lum bir ijtimoiy guruhga a’zoligi ushun ta’qibga ushragan taqdirda boshpana olishlari mumkin. Ukraina bilan keng ko‘lamli urushning birinchi yilida ko‘plab ruslar mamlakatni tark etishgan.
Bundan tashqari, jo‘nab ketish vaqtida ularning aksariyati ommaviy tadbirlar va Internetdagi bayonotlar ushun allaqachon ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
TRAC statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda boshpana so‘rovini ko‘rib chiqish o‘rtacha 977 kunni tashkil qiladi. Ya’ni, hozir javobni asosan 2021 yilda ariza berganlar olishdi. Bu keyingi moliya yilida yana ko‘plab rossiyaliklar Qo‘shma Shtatlardan siyosiy boshpana olishi mumkinligini anglatadi.
The Economist hisob-kitoblariga ko‘ra, Vladimir Putin hokimiyat tepasida turgan yigirma yil davomida 2 millionga yaqin odam Rossiyani tark etgan, ularning deyarli yarmi – 900 mingga yaqini Ukrainaga bostirib kirilgandan keyin tark qilgan.