Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik xotini va qizini o‘ldirishda ayblangan erkakka hukm o‘qildi

Rossiyalik xotini va qizini o‘ldirishda ayblangan erkakka hukm o‘qildi

Myunxen sudi Germaniya fuqarosi Roman H.ni ikki rossiyalik ayolni o‘ldirganligi uchun 14 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sud uni qizi va xotinini o‘ldirishda aybdor deb topdi. Bild nashrining yozishicha, ayollarning jasadlari topilmagan.

Rossiyalik ayol va uning qizini o‘ldirishda ayblangan Germaniya fuqarosiga qarshi sud jarayoni 2020 yil oktyabrida boshlangan. Roman H. ikki kishining o‘limida ayblangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak kvartirada shaxsiy adovati sababli avval xotinini o‘ldirgan, keyin esa jinoyat sodir bo‘lgan paytda shaharda til kurslarida bo‘lgan asrab olgan qizining joniga qasd qilgan. So‘ng jasadlarni o‘z uyidan olib chiqib ketgan.

Myunxen yaqinidagi o‘rmonlarda olib borilgan qidiruv operasiyalariga qaramay, jasadlar topilmadi.

Gazetaning yozishicha, sud Roman X.ni og‘irlashtiruvchi holatlarsiz qotillikda aybdor deb topdi, qotillik holatlari noaniq bo‘lib qolmoqda va Tatyana va Mariyaning jasadlari topilmadi. Sud o‘ta muhim dalillarga asoslanib qaror chiqardi, deb yozadi gazeta.

"Dalillarni o‘rganib chiqib, ikkala ayolning ham o‘lganiga aminmiz", – deya nashr sud qaroridan iqtibos keltirdi.

Sud qaroridan keyin Romanning otasi o‘g‘lining xotini va qizini o‘ldirmaganiga ishonishda davom etmoqda. "O‘g‘lim aybsiz. Kelinim va nabiram Rossiyaga uchib ketgan bo‘lishi mumkin", dedi u gazetaga.

2019 yil 18 iyulda Rossiyaning Berlindagi elchixonasi Myunxenda ikki rossiyalik ayol g‘oyib bo‘lganligi haqida xabar berdi va shahar polisiyasi jinoiy ish qo‘zg‘adi. OAV polisiyaga tayanib, gumon qilingan Roman X. 41 yoshli Mariya va uning 16 yoshli qizi Tatyana 13 iyul kuni soat 14.00 (Toshkent vaqti bilan 17.00) da kvartirani tark etish niyatida chiqib ketganligini aytganini ma’lum qildi. Shundan beri ular hech kim bilan aloqaga chiqmagan. Yo‘qolganlarning qarindoshlari va do‘stlari ayollarning ixtiyoriy ravishda g‘oyib bo‘lishi ehtimolini rad etmoqda. Roman X.ni hibsga olishga order berildi, prosess boshida berilgan qarama-qarshi ko‘rsatmalardan so‘ng, u bayonotlarni butunlay qaytarib oldi.

Kiritildi: 17:37 24.02.2021. O'qildi: 1970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!