Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik reperni tepkilab o‘ldirishdi. Qotillar uyda

Rossiyalik reperni tepkilab o‘ldirishdi. Qotillar uyda

"1251" nomi bilan tanilgan rossiyalik reper Vitaliy Kolmakov podyezdda kaltaklanib o‘ldirilgan. Bu haqda "Gorod55" xabar bermoqda.

Omsklik reperning rafiqasi Anjelinaning aytishicha, 16 oktyabrga o‘tar kechasi eri mast holda mushtlashayotganlarni ajratishga uringan, ammo yakunda o‘zi hujum nishoniga aylangan. Ayolning ta’kidlashicha, qo‘shnilar ularni mehmonga taklif qilishgan. Kolmakov borgan, Anjelina esa kvartirada qolgan. Ko‘p o‘tmay u kiraverishda janjal bo‘lganini eshitdi.

Aniqlik kiritilishicha, reperning tanishlari yana ikki kishi bilan janjallashgan. Ulardan biri 17 yoshda, ikkinchisi 23 yoshda. Aynan ular reperga hujum qilishgan. Uning rafiqasi mojaroga aynan nima sabab bo‘lganini bilmasligini aytdi, ammo barcha ishtirokchilar mast bo‘lganligini ta’kidladi.

«Ulardan biri erimning boshiga tepdi va erim hushidan ketdi. Keyin esa uning yuziga tepishni boshladilar», – dedi Kolmakovning rafiqasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, reperning qo‘shnilari polisiya va tez yordam chaqirishgan. Ammo ular kelguniga qadar Kolmakovning joni uzilgandi. Uning dafn marosimi 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Reperga hujum qilgan odamlar voqeadan so‘ng darhol hibsga olingan, ammo ikkalasi ham hozirda uyda. "Ular erimni aybdor deb da’vo qilmoqdalar, erim ularga hujum qilganmish. Ammo, agar shunday bo‘lgan taqdirda ham, bu ularga odam o‘ldirish huquqini bermaydi. Biz yaqin insonimizni dafn etdik, ular esa iliq to‘shakda uxlamoqda”, – deydi Kolmakovning rafiqasi.

Omsk viloyati Tergov qo‘mitasi jinoyatni tasdiqladi. Bo‘limning ta’kidlashicha, hujum qilganlardan biri uy qamog‘ida, ikkinchisi esa hududni tark etmaslik to‘g‘risida tilxat yozib bergan.

Kiritildi: 17:43 20.10.2020. O'qildi: 4259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!