Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyalik 77 yoshli buvi TikTokni "portlatib" yubordi (video)

Rossiyalik 77 yoshli buvi TikTokni "portlatib" yubordi (video)

Buvining hazilomuz nasihatlari ko‘pchillikka ma’qul kelgan shekilli - qisqa vaqt ichida uning akkauntiga deyarli 500 ming kishi a’zo bo‘ldi.

Rossiyaning Eysk shahrida yashovchi 77 yoshli Ekaterina Gorbuneva qisqa vaqt ichida Internet yulduziga aylandi.

"Superbusya" nik ostida TikTokda paydo bo‘lgan buvi o‘z videolavhalarida yoshlarga tamaki chekmaslik alkogol ichmaslik va boshqa nasihatlarni she’rlar tarzda aytib boradi. 

Eng qizig‘i, buvining bunday hazilomuz nasihatlari ko‘pchillikka ma’qul kelgan va qisqa vaqt ichida uning podpischiklari soni 500 mingga yaqinlashgan. 

Videolavhalarni suratga olishda va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishda Gorbunevaga uning nabirasi Alina yordam beradi. 

"Superbusya"ning navbatdagi maqsadi - Azov dengizida TikTok House ochish. 

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling. 

Kiritildi: 13:52 25.02.2021. O'qildi: 5155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!