Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaga nosvoy olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar qo‘lga olindi

Rossiyaga nosvoy olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolar qo‘lga olindi

O‘zbekistondan xalqaro reys bilan uchgan yo‘lovchilar 14 kilogramm nosvoy mahsulotini Kemerovoga olib o‘tmoqchi bo‘lishdi. Bojxona nazorati paytida soxta mahsulotlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.

Tekshiruv davomida qonunbuzarlar taqiqlangan mahsulotni sotish uchun emas, balki o‘zlari foydalanishlari uchun olib kelganliklarini bildirishdi. Voyaga yetgan bir kishi tomonidan 250 grammdan ortiq tamaki import qilinishi Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi Kengashining qaroriga binoan shaxsiy foydalanadigan mahsulotga kirmaydi.

O‘zbekistonlik fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan tovarlarni deklarasiyadan o‘tkazmaganligi yoki yolg‘on deklarasiya to‘ldirganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.

Kiritildi: 16:52 19.01.2021. O'qildi: 4790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!