Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyaga test topshirish kerak?

Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyaga test topshirish kerak?

Bir necha oy oldin ishga tushirilgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasi MDH fuqarolari orasida juda ommaviylashib ketdi, deydi ushbu loyiha kuratori va YEOII Taraqqiyot banki raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisyan.
“Bugungi kunda MDH davlatlarida dasturdan bir milliondan ortiq kishi foydalanmoqda. O‘zbekiston fuqarolari esa uning yordamida allaqachon 198 ming marotaba PZR-test topshirishgan”, - dedi Sarkisyan.
Mobil ilovaning asosiy qulayligi shunda-ki, bir mamlkatda vaksina olgan yoki PZR-test topshirgan fuqaroning natijasini boshqa mamlakat tekshiruv organi QR-kod orqali tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda test natijasi va topshirilgan sanasi yoki fuqaro qanday vaksina bilan emlangani va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
“Faqatgina sertifikatlangan laboratoriyalar "Puteshestvuyu bez COVID-19" tizimiga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun ular mahalliy hokimiyat orqali tizimga murojaat qilishlari kerak”, - deydi loyiha kuratori.
Sarkisyan aytishiga ko‘ra, sertifikatlangan laboratoriyalar ro‘yxatini mahalliy hukumatlar o‘z qonunchiligi asosida belgilaydi. O‘zbekistonda sertifikatlangan laboratoriyalar soni kun sayin ortib bormoqda.

Bugungi kunda Toshkentda – 50dan ortiq, Samarqandda – 15dan ortiq, Buxoroda – 10 dan ortiq, Farg‘ona vodiysida – 30 dan ortiq, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 20dan ortiq, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 20dan ortiq laboratoriyalar ro‘yxatdan o‘tgan.
Undan tashqari ayni damda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar ma’lumot bazasi shakllantirilmoqda. Har bir davlatning nazorat qiluvchi organlari uchun ushbu ma’lumot bazasi juda muhim, deydi Sarkisyan.
Hozircha ushbu mobil ilova faqat chegarani aviatransport bilan kesib o‘tayotgan fuqarolar uchun amal qilmoqda. Ayni damda undan avtomobil va temiryo‘l transporti bilan chegarani kesib o‘tgan fuqarolar uchun ham foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Puteshestvuyu bez COVID-19” — YEOII Taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar fondi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi loyihadir. Uning vazifasi – pandemiya sharoitida fuqarolarning bir davlatdan ikkinchi davlatga xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashdir. Ushbu ilova kasallik tarqalish xavfini kamaytiradi va davlatlaroaro miqyosda ishonchli nazorat tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Bugungi kunda Rossiyaga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kirib kelayotgan fuqarolar uchun ushbu dasturdan foydalanish majburiy deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu davlatlar chegarasini kesib o‘tishda 72-soatdan eski bo‘lmagan PZR-test tahliliga ega bo‘lishi shart deb belgilangan.

Kiritildi: 19:32 20.10.2021. O'qildi: 2197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!