Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyadan norozilar: «Bunday YEOII nimaga kerak?»

Rossiyadan norozilar: «Bunday YEOII nimaga kerak?»

Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvani tanqid qildi.

Belarusiya, Rossiya Federasiyasining asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lib qolmoqda, ammo bu mamlakatlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjud emas degani emas. O‘tgan dam olish kunlari Lukashenko yana bir bora mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqdagi to‘siqlar haqida gapirdi.

“Rossiya bilan savdo-sotiqdan yiliga 9 milliard dollarlik tanqisligimiz bor. Ya’ni, ularga nisbatan biz, 9 milliardga kam sotamiz. Ayting-chi, Rossiyadan biz sotib olgan tovarlarga to‘lash uchun ushbu 9 milliardni qayerdan olishim mumkin? Tabiiyki, bizda uglevodorodlar yo‘q. Ushbu pulni Rossiya bozoridan ishlab topishimiz kerak. Ammo bizga esa to‘siqlar qo‘yildi va ayrim turdagi tovarlarga ruxsat berilmadi. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q», – deya Tut.by agentligi Lukashenkodan iqtibos keltirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni zamonda o‘zaro savdo sharoitlari shundayki, u ko‘proq Rossiya biznesining manfaatlariga mos kelmoqda ekan.

Bu esa YEOII prinsiplariga zid bo‘ladi.

“Agar biron bir uyushmaga kirarar ekansiz, albatta har oy, har yil davomida ahvoling yaxshiroq bo‘lishini kutasan. Bizda nima sodir bo‘lmoqda? Har yili ular bizga yangi shartlarni tiqishitrib turishadi. Natijada, biz doimo iqtisodiyotda nimanidir yo‘qotmoqdamiz. Kechirasiz-u, bunday arzimaydigan ittifoq kimga kerak? <…> Bu yaxshi emas. Biz, avval kelishib olganimizdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng sharoitlar bo‘lishini talab qilamiz”, – deya bayonot berdi Belarusiya Prezidenti.

«Bu arzon turmaydi»

Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar nafaqat savdo sohasida, balki qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ham yuzaga kelmoqda. Masalan, umumiy chegarani himoya qilish masalalarida. Aleksandr Lukashenkoni so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaga mudofaani kuchaytirish choralarini ko‘rishni taklif qilgan. Ammo rad javobini olgan.

Hozirda mavjud loyihalar yuzasidan ham savollar mavjud. Masalan, Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi havo hujumidan mudofaa tizimi, Minsk uchun qimmatga tushmoqda. Belarusiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bu yo‘nalishda ishlaydigan o‘z tizimi yo‘q. Shuning uchun Moskva Belorusiya tizimidan foydalanmoqda, ammo buning uchun pul to‘lamayotgan ekan.

“Men bunga rozi bo‘lgan edim. Biz ulardan pul so‘ramagan edik. Ammo ular pulni sanashni boshlaganlarida va bizga esa tabiiy gaz hamda boshqa xom-ashyolar uchun to‘lovnomalar berishganda, ular soliq manevrasini o‘tkazdilar va aytishlaricha, bizlar boqimanda ekanmiz. Men yaqinda Rossiya rasmiylariga tor doirada bularni barisi xaqida gapirdim va aytdimki, mayli kutamiz, gap bu raqamlar haqida emas. Men buxgalter emasman va bularni hisoblab chiqmoqchi emasman, lekin agar kerak bo‘lsa, biz hisoblab chiqamiz. Bu arzonga tushmaydi», – deya bayonot berdi Lukashenko.

Ushbu bayonotdan oldin Lukashenko 14 noyabr kuni qurol masalasida ham o‘z noroziligini bildirgan edi. Belarusiya Rossiyaning SU-30M qiruvchi samolyotlarini kreditga sotib olmoqda. «Vedomosti» xabariga ko‘ra, Belarusiya Prezidenti ularni bepul olishiga umid qilgan, chunki u «bu yo‘nalishda Rossiya xalqini himoya qilish funksiyalarini ham bajaradi».

«Bizning qo‘llarimizni bog‘lab tashlamoqdalar»

Lukashenko qo‘shnilar bilan munosabatlardan noroziligini bildirayotgan birinchi holat emas. Aprel oyida Rossiya Belorusiyadan ma’lum tovarlarni olib kirishni taqiqladi. Rasmiy sabab shundaki, Belarusiya o‘z mahsulotlarining o‘rniga, boshqa mamlakatlarning sanksiyaga tushgan mahsulotlarini qayta eksport qiladi. Minskda buni mahalliy tovarlarning Rossiya bozorini yopishi sifatida qabul qilindi.

«Ularning o‘zlari sanksiyalar ostida va buni o‘zlari ham qoralaydilar. Men ularni bu yerda mutlaqo qo‘llab-quvvatlayman. Ammo shu bilan birga, ular eng yaqin ittifoqchilarga qarshi bunday qurollar bilan kurashmoqdalar”, deya bayonot bergandi o‘sha paytda Belarusiya rahbari.

“Agar Belorussiya orqali o‘tadigan neft quvurlari va neft mahsulotlar o‘tkazgichlarini ta’mirlashga qo‘yishingiz kerak bo‘lsa, marhamat ularni o‘rnating va ta’mirlang. Chunki, Rossiya Federasiyasi uchun qilgan yaxshiligimiz doimo biz uchun yomonlikka aylanadi. Ular shu darajada bezbetlashib ketishganki, bizning qo‘llarimizni bog‘lab tashlashmoqda», – deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Rossiyada bunday bayonotlarga tezda javob berildi. Ularning bunday ohangdagi bayonotlari, ittifoqchi davlatlar munosabatlariga to‘g‘ri kelmaydi, deya javob berishdi Kremeldagilar.

Qozog‘iston da’volari

Qozog‘iston ham Rossiyaning savdo siyosatini tanqid qilib chiqdi. Oktyabr oyi oxirida Yevrosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda Qozog‘iston bosh vazir Asqar Mamin boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi. Ammo eng keskin bayonotni u emas, balki Savdo va integrasiya vaziri Baxit Sultonov bildirdi.

Masalan, u alkogol bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni joriy etish zarurligini ta’kilbadi va ultimatum qo‘ydi.

«Avvalroq, Qozog‘iston tomoni Ittifoqdagi sheriklarini ogohlantirib, agar tomonlar mahalliy mahsulotlarga erkin kirish uchun o‘z bozorlarini ochishga tayyor bo‘lmasa, Qozog‘iston o‘z bozorini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi», – deya ta’kidlangan edi vazirlik bayonotida.

Yana bir masala – Qozog‘iston mahsulotlari eksportini soddalashtirish. Hozir mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotni kelib chiqish sertifikatlarini taqdim etishlari shart. Ular har bir partiyaga, shu jumladan cheklangan saqlash muddatiga ega bo‘lgan partiyalar uchun talab qilinadi. Va uni olish uchun 1-3 kun kerak bo‘ladi.

«Har bir mahsulot partiyasiga, masalan, Rossiya yoki Qirg‘izistonga eksport qilinayotgan qaymoq yoki kefir uchun, mahsulotni kelib chiqishi bo‘yicha alohida sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bu nafaqat eksportchiga qo‘shimcha moliyaviy yukni yuklaydi, balki mahsulotimizning saqlash muddatini qisqartiradi», – dedi Sultonov.

Yashirin to‘siqlar

Bir necha kundan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integrasiya vazirligining tashqi savdo departamenti direktori Vasila Baykadamova yuzaga kelgan mavjud vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda YEOII mamlakatlari o‘zlarining ishlab chiqaruvchilarini, nisbatan ochiq bozorlarning ishlashini ta’minlashdan ko‘ra ko‘proq himoya qilishga mo‘ljjalamoqda. Bu esa YEOII asl ma’nosiga mutlaqo ziddir.

“A’zo davlatlar bir-birlaridan himoyalanib, ishlab chiqaruvchilariga imkon qadar eng qulay sharoitlarni yaratishni istamoqdalar. Ammo ham qozog‘istonlik , ham rossiyalik ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar – biz raqobatchilar emas, balki sherik ekanligimizni esdan chiqarmasliklari kerak. Ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun bizning energiyamiz uchinchi mamlakatlar importchilariga yo‘naltirilishi kerak. Oqilona va eng muhimi, ichki bozorni himoya qilish mexanizmlarini birgalikda qo‘llash juda muhimdir”, – deya uning so‘zlarini keltiradi LS .

Shunga o‘xshash fikrni Qozog‘iston savdo va integrasiya vazirining o‘rinbosari Janel Kushukova ham ta’kidlab o‘tdi:

«Amalda, qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar mintaqaviy darajada Rossiya savdo rastalarida yozilmagan cheklovlar va taqiqlarga duch kelmoqdalar. Bu asosan oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqlidir, ya’ni: sut, oziq-ovqat, sabzavot mahsulotlari.»

Tanqidga “Atameken” tadbirkorlar milliy palatasi (TMP)ham qo‘shildi. Ularning bayonotiga ko‘ra, Rossiya tomonidan Qozog‘iston mahsulotlariga qo‘yilgan taqiqlar xaqiqatdan ham mavjud ekan.

“Biz, rasman isbotlash uchun murakkab bo‘lgan to‘siqlar va cheklovlarga duch kelmoqdamiz. Ammo ularda yashirin cheklovlarni keltirib chiqarayotgan adolatsiz raqobatning alomatlari kuzatilmoqda, masalan, Qozog‘iston mahsulotlarining Rossiya bozoriga, shu jumladan chakana savdo tarmoqlariga kirishiga yo‘l bermaslik xolatlari kuzatilmoqda», – deya qo‘shimcha qilindi TMP tomonidan.

Shuningdek, Rosselxoznadzor bir necha bor Qozog‘istondan keltiriladigan sut mahsulotlari va muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlarga cheklovlar qo‘ygani xaqida bayonotlar berilgan. Bunga sabab sifatida, shubhali laboratoriya tadqiqotlarini iddao qilishgan edi. Rossiya, shuningdek, qozog‘istonlik tadbirkorlarni davlat xaridlari davomida kamsitmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya tomonidan YEIKning to‘siqlarni olib tashlash haqidagi qarorlari bajarilmaydi, bloklanadi yoki to‘liq bajarilmaydi.

Kiritildi: 06:49 20.11.2019. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!