Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyadan deport bo‘lgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyadan deport bo‘lgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi

Rossiya IIV xodimlari tomonidan shu yil o‘tgan davr mobaynida migrasiya qonunchiligini buzgan 2,5 ming kishi deportasiya qilindi, deb ma’lum qildi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

“Yil boshidan migrasiya qonunchiligi buzilishi uchun 30 mingdan ortiq chet ellik javobgarlikka tortildi, 2,5 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborildi”, - dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligini berish haqida 20 tadan ortiq arizalarga rad javobi berildi.

Rossiya Federasiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2020 yilda chet el fuqarolari uchun ishlashga ruxsatnomalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qildi: 150 ming dona  ruxsatnoma berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Davlat dumasi deputatlari noqonuniy migrasiya kanallarini tashkil qilganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladilar.

Endi noqonuniy migrasiya kanali yoki jinoyatda yordam berganlik uchun bu ishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Kiritildi: 21:15 16.10.2019. O'qildi: 2257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!