Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi o‘rmonda muhojirlarning noqonuniy qabri topildi

Rossiyadagi o‘rmonda muhojirlarning noqonuniy qabri topildi

Rossiyada, Yakuskda mahalliy parrandachilik fabrikasi hududidagi o‘rmonda ommaviy qabr topildi. Besh nafar muhojir noqonuniy qabristonga dafn qilingani ma’lum bo‘ldi.  Ikkitasining shaxsi aniqlandi, deb xabar beradi Rossiya Tergov qo‘mitasi respublika boshqarmasi.

Uchta qabrda qabr toshi yo‘q edi. Tergovchilar dafn qilinganlarning qolganining shaxsini aniqlaydilar. “Tekshirish natijalariga ko‘ra prosessual qaror qabul qilinadi”, deyiladi hisobotda. Ta’kidlanishicha, muhojirlar dafn qilingan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda marhumlarni ko‘mish mumkin bo‘lgan qabriston mavjud.

Xabarlarga ko‘ra, shaxsi aniqlangan marhumlar Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlardir.

Kiritildi: 17:04 06.07.2020. O'qildi: 9041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!