Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi (foto)

Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi (foto)

Naberejni Chelnida xay-tek uslubida qurilgan, yuqori texnologik me’moriy ko‘rinishga ega bo‘lgan “Chali Yar” nomli masjid ochildi. Bu haqda RIA Novostiga Tatariston Respublikasi musulmonlari boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

V Naberejnix Chelnax otkrili pervuyu v Povoljye mechet v stile xay-tek

Masjidning ochilish marosimida Tatariston muftiysi Komil Samigullin qatnashdi va u yerda ilk namoz ado etildi.

V Naberejnix Chelnax otkrili pervuyu v Povoljye mechet v stile xay-tek

"Chali Yar” masjidi jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan dindorlar uchun ham moslashtirilgan. Masjidning umumiy maydoni 450 kvadrat metrni tashkil qiladi, bir nechta o‘quv xonalari va tadbirlarni o‘tkazish uchun alohida zalni o‘z ichiga oladi", - deyilgan xabarda.

V Naberejnix Chelnax otkrili pervuyu v Povoljye mechet v stile xay-tek

Masjid binosi 200 kishiga mo‘ljallangan. U Rossiyada zamonaviy uslubda qurilgan ibodatxonalaridan biri hisoblanadi.

"Ob’ekt nooddiy me’moriy ko‘rinishi bilan ajralib turadi - binoning fasadi va ichki qismini bezashda uslubga mos elementlar mavjud", - deb ta’kidladi diniy idora vakili.

Kiritildi: 15:42 20.10.2020. O'qildi: 3504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!