Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada Viber messenjeridan foydalanish taqiqlandi

Rossiyada Viber messenjeridan foydalanish taqiqlandi

Roskomnadzor Rossiya Federasiyasida Viber messenjeriga kirishni cheklaganini e’lon qildi. Qaror Rossiya qonunchiligining axborot tarqatish tashkilotchilariga nisbatan talablari buzilgani bilan bog‘liq, deb boshqarma xabar berdi.

Ushbu talablarga rioya qilish «messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanish, fuqarolarni ularni sodir etishga jalb qilish, giyohvand moddalarni sotish, shuningdek, noqonuniy ma’lumotlarni joylashtirish bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish uchun zarur», deyiladi xabarda.

Viber messenjeri Yaponiyaning Rakuten kompaniyasiga tegishli. Mediascope ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisining o‘rtacha 26 foizi oyiga undan foydalanadi.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!